Shimoliy Makedoniya Livanda bo‘lib turgan fuqarolarini mamlakatni imkon qadar tez tark etishga chaqirdi

Shimoliy Makedoniya Livanda bo‘lib turgan fuqarolarini mamlakatni imkon qadar tez tark etishga chaqirdi

Shimoliy Makedoniya rahbariyati 23 iyun kuni Livanda bo‘lib turgan fuqarolariga murojaat qilib, mamlakatni zudlik bilan tark etishni so‘ragan. Bu haqda Anadolu nashriga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Makedoniya rasmiylari Livanda fuqarolar xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyat og‘irlashganini e’lon qilgan. Hududda bo‘lib turgan xorij fuqarolari katta xavf ostida ekani bildirilgan.

Shimoliy Makedoniya Tashqi ishlar vazirligi holat yuzasidan maxsus bayonot ham e’lon qilgan. Bayonotda fuqarolardan mamlakatni birinchi imkoniyatdayoq tark etish so‘ralgan.

Rasmiylar mamlakat fuqarolaridan Yaqin Sharqqa, xususan, Livanga sayohatlarni rejalashtirmaslikni so‘ragan. Har qanday maqsaddagi safarlarni bekor qilish tavsiya etilgan.

Shimoliy Makedoniya hukumati Livanda keskinlik yuzaga kelgan taqdirda mamlakat hududi yopilishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan. U holda xorijliklar Livanda qolib ketishi mumkin.

Isroil harbiylari o‘tgan haftada Livanning “Hizbulloh” guruhi bilan chegarada keskinlik kuchayib borishi ortida Livanga keng ko‘lamli hujum qilish rejalarini tasdiqlagan edi. Ushbu rejaga muvofiq “Hizbulloh”ga janub va janubi-sharqdan zarba berish rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!