Shimoliy Koreyada suv toshqini: Kim Chen In Seulning yordam taklifini rad etganidan keyin Putin yordam berishga va’da berdi

Shimoliy Koreyada suv toshqini: Kim Chen In Seulning yordam taklifini rad etganidan keyin Putin yordam berishga va’da berdi

Shimoliy Koreya davlat matbuoti Janubiy Koreya nashrlarini toshqindan zarar va qurbonlar soni haqida mish-mish tarqatishda ayblamoqda.

Janubiy Koreyadan olingan xabarlarga ko‘ra, halokatli suv toshqinlari minglab uylarga zarar etkazgan va noma’lum miqdordagi qurbonlarga sabab bo‘lgan. Rossiya esa o‘z gumanitar yordamini va’da qilgan. O‘lganlar yoki bedarak yo‘qolganlar soni 1500 atrofida bo‘lishi mumkin.

Kreml va Shimoliy Koreya davlat matbuoti xabar qilishicha, prezident Vladimir Putin 27 iyul kuni kuzatilgan rekord darajadagi yomg‘ir ortidan Xitoy yaqinida joylashgan shimoldagi qishloq xo‘jaligi yerlarini suv bosganidan so‘ng hamdardlik bildirgan va insonparvarlik yordamini taklif qilgan.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In taklif uchun Putinga minnatdorchilik bildirdi, biroq uning hukumati allaqachon tiklanish ishlarini olib borish choralarini ko‘rgani uchun «agar yordam kerak bo‘lsa, so‘rashini aytdi», dedi KCNA davlat matbuoti.

So‘nggi kunlarda kuchli yomg‘irlar Shimoliy Koreyaning shimoli-g‘arbiy hududlarini vayron qilib, 4000 dan ortiq uyni suv bosgan va 5000 aholini izolyasiya qilingan, deya xabar beradi KCNA. Davlat matbuoti Kimning shaxsan o‘zi jabrlangan hududlarni ko‘zdan kechirganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!