Shifokorlar homiladorlikni saraton bilan adashtirib, ayolga kimyoterapiya buyurdi

Shifokorlar homiladorlikni saraton bilan adashtirib, ayolga kimyoterapiya buyurdi

Turkiyalik ayol uning homiladorligini saraton bilan adashtirib, kimyoterapiya tavsiya qilgan shifokorlarni sudga berdi, deb xabar berdi Daryo .

Ma’lum bo‘lishicha, 2018 yilda 35 yoshli Serpil Baganing tuxumdonlaridan birida o‘simta aniqlanib, olib tashlangan. Uch oydan so‘ng unda homiladorlik davrida ishlab chiqariladigan, shu bilan birga bachadon saratonidan ham darak berishi mumkin bo‘lgan surunkali gonadotropin gormoni miqdori oshib ketgan.

Shifokorlar buni saraton hujaylarining tarqalishi belgisi deb topib, ayolga kimyoterapiya tavsiya qilgan. Ayolning bachadonlari tekshiruvdan o‘tkazilganda, unda 12 va 19 santimetrli o‘simtalar borligi aniqlangan. Shifokorlar uni olib tashlashni rejalashtirgan, biroq operasiyadan bir necha kun avval ayolda bola tushishi sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, shifokorlar ayoldagi egizak homilani saraton o‘simtasi deb o‘ylagan. Bola tushishiga esa kimyoterapiya sabab bo‘lgan.

Baga va uning turmush o‘rtog‘i shifokorlar mas’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygan deb hisoblab, ularning jazolanishiga erishmoqchi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!