Shifokorlar depressiyadan xalos bo‘lishning oddiy usulini ma’lum qilishdi

Shifokorlar depressiyadan xalos bo‘lishning oddiy usulini ma’lum qilishdi

O‘n besh daqiqa mayda qadamlar bilan yugurish depressiya paydo bo‘lishi xavfini kamaytiradi yoki hattoki undan xalos bo‘lishga yordam beradi, deya yoziladi Daily Mail da.

AQShning Massachusets shifoxonasi mutaxassislari 611 ming nafar katta yoshdagi amerikalikning salomatligini kuzatib borishdi. Sport bilan shug‘ullangan kishilar juda kam holatlarda turli ruhiy xastaliklardan aziyat chekkanliklari aniqlangan.

Shifokor Devid Agusning so‘zlariga qaraganda, bemorlarga dori-darmon yozib berishdan avval ulardan ko‘chaga chiqib, biror harakatni bajarish larini so‘raydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq olimlar kuniga hech bo‘lmaganda 24 gramm yong‘oq iste’mol qilgan kishilar boshqalarga, jumladan, yong‘oqni umuman iste’mol qilmaydiganlarga nisbatan 26 foiz kamroq depressiya holatiga tushishlarini aniqlashgani haqida xabar bergan edik.

Depressiya, bu inson asab tizimidagi o‘zgarishlar (kuchli ruhiy zarba, uzoq vaqtgacha ruhiy tushkunlik holatiga tushish) hisoblanadi. Depressiya ruhiy zarba yoki bo‘lib o‘tgan noxush voqealar ta’sirida rivojlanishi mumkin.

Aytish joizki, doimiy charchoq hissi, uyqusizlik, kechalari uyg‘onib ketish yoki tong otmasdan uyquning o‘chib ketishi, maqsadsiz harakat qilish, ishga yoki oilaga, umuman, normal hayot tarziga bo‘lgan qiziqishning so‘nishi, bo‘lib o‘tgan noxush hodisalarda o‘zini aybdor sezish, vaznning yo‘qolishi yoki aksincha, vaznning ortishi depressiyaning asosiy belgilari sanaladi.

Manba: xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!