Shifokor ba’zi kasalliklari bo‘lgan odamlarga iyul oyida uyda qolishni maslahat berdi

Shifokor ba’zi kasalliklari bo‘lgan odamlarga iyul oyida uyda qolishni maslahat berdi

«Iyul oyidagi o‘zgaruvchan ob-havo ma’lum bir kasallikka chalingan odamlar uchun xavfli bo‘lgani bois ko‘chaga chiqishni cheklagan holda uyda qolgan ma’qul», deydi rossiyalik tibbiyot fanlari nomzodi, doktor Yevgeniy Timakov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bosimning pasayishi, issiqlik va yuqori namlik yurak-qon tomir kasalliklari, shuningdek, miya qon aylanishining buzilishi bilan xastalanganlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Bunday patologiyalari bo‘lgan odamlar tushdan keyin ko‘chaga chiqmaganliklari ma’qul.

Shifokor, shuningdek, jazirama kunlarda issiq urmasligi uchun suv hamda sharf olib yurishni maslahat berdi.

“Bundan tashqari, odamda issiqda terlash xavfi bor, bu jarayonda ho‘l bo‘lgan kiyim yengil shamolda ham sovuq havo chiqaradi, bu esa keksa odamlarda buyraklarning yallig‘lanishiga olib kelishi mumkin”, dedi Timakov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!