Shavkat Mirziyoyev: «O‘zbekiston tomonga birorta o‘q otilmasligi uchun har qanday muloqotga tayyorman»

Shavkat Mirziyoyev: «O‘zbekiston tomonga birorta o‘q otilmasligi uchun har qanday muloqotga tayyorman»

Prezident Shavkat Mirziyoyev 27 avgust kuni Navoiy viloyatiga tashrifi doirasida Afg‘onistondagi vaziyat, «Tolibon» bilan olib borilayotgan muloqot haqida ham to‘xtalib o‘tdi.

«Tolibon bilan kecha yoki bugun emas, ikki yil oldin muloqotni boshlagandik. Televizorda ko‘rgan bo‘lsangiz, ularning Dohadagi rahbari Mulla Abdul G‘ani Birodar janobi oliylari ham o‘shanda O‘zbekiston xalqiga, O‘zbekiston tomoniga birorta o‘q otilmasligi bo‘yicha va’da bergandi. Va’dasini bajarayotgani uchun ham ular bilan muloqot qilishimiz tabiiy.

Menga xalqimning tinchligi kerak, osoyishtaligi kerak. Faqat va faqat o‘zbek xalqimning, jonajon O‘zbekistonning tinchligiga ta’sir ko‘rsatadigan omil bo‘lsa, kim bo‘lishidan qat’i nazar, muloqotga kirishishga tayyorman.

2 yil oldingi tahlillarimiz toliblarning kuchayishidan dalolat bergan edi. Shuning uchun ikki yil oldin ular bilan muloqotlarni boshlagandik», — deya uning so‘zlarini keltirib o‘tdi bloger va huquqshunos Xushnud Xudoyberdiyev.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov amerikalik teleboshlovchi Dennis Uoli bilan This Is America TV teleloyihasi doirasida bo‘lib o‘tgan intervyusida O‘zbekiston «Tolibon» yetakchilari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqani o‘rnatgan birinchi mamlakat bo‘lganini aytib o‘tgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!