Shavkat Mirziyoyev Turkiya ichki ishlar vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya ichki ishlar vazirini qabul qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon Soyluni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar qildi.

Ma’lum qilinishicha, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida huquqni muhofaza qilish va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohalarida amaliy hamkorlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun ichki ishlar vaziri general-leytenant Po‘lat Bobojonovning taklifiga binoan, o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, tizimlarda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishish va tajriba almashish maqsadida Turkiya Respublikasi Ichki ishlar vaziri Sulaymon Soylu boshchiligidagi delegasiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Sal avval Ichki ishlar vazirligida ikki davlat huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlari ishtirokida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!