Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoning dolzarb muammolarini sanadi

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoning dolzarb muammolarini sanadi

Shavkat Mirziyoyev ayni damda Surxondaryoda saylovchilar bilan uchrashmoqda.

U viloyatning dolzarb muammolarini sanadi:

- markazlashgan toza ichimlik suvi ta’minoti darajasi bo‘yicha viloyat respublikada eng oxirgi o‘rinlarda turadi.
144 ta mahallaga ichimlik suvi hali umuman yetib bormagan.

- uy-joy, yo‘l-transport, elektr ta’minoti kabi masalalar bo‘yicha aholining ko‘plab e’tirozlari mavjud.

- 115 ming nafar aholi ishsiz. Har yili mehnat bozoriga 39 ming nafar yoshlar kirib kelmoqda,

- 131 ming oila doimiy daromad manbaiga ega emas.

- 377 ming nafar aholida surunkali kasalliklar bor.
Ayniqsa viloyatda yurak qon-tomir, qandli diabet, buyrak yetishmovchiligi, nafas yo‘llari kasalliklari ko‘plab uchraydi.

- 2 ming 600 nafar shifokor yetishmaydi, yana 2 ming nafari pensiya yoshida.

- Bandixon, Denov va Qumqo‘rg‘onda maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 30 foizga ham yetmaydi. Viloyatda 119 ta mahallada hali bog‘cha mavjud emas.

- 58 ta maktab quvvatiga nisbatan 2 barobar ko‘p yuklama bilan ishlamoqda, 2 mingdan ziyod pedagog ish joylari vakant bo‘lib qolmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!