Shahid bo‘lgan 3 nafar falastinlik janozasi

Shahid bo‘lgan 3 nafar falastinlik janozasi

Shanba kuni yuzlab kishilar Buyuk qaytish norozilik aksiyasi doirasidagi namoyishlarda ishtirokida isroil tomonidan otilgan o‘qdan shahid bo‘lgan 3 nafar falastinlikning janozasida ishtirok etdi. Shahid bo‘lgan 3 kishining biri 12 yoshli bola edi.

Falastinliklar 12 yoshli Shodiy Abdulolni janozasini Jabaliyya shahridagi Izziddin Qisom masjidida, 21 yoshli Muhammad Shaqquro janozasini Mug‘ozil Kabir masjidida va 21 yoshli Honiy Afonani janozasini Rafah shahridagi Badr masjidida o‘qishdi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Falastin sog‘liqni saqlash vazirligi 3 nafar falastinlik shahid bo‘lgani haqida ma’lumot bergan edi.

Falastinliklar besh oydan beri “Buyuk qaytish aksiyasi” doirasida har juma kuni norozilik namoyishi o‘tkazmoqda. Ma’lumotlarga qaraganda, o‘tgan vaqt davomida 177 falastinlik halok bo‘ldi, 19,6 ming nafari yaralandi.

Manba: azon. uz 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!