Senator sa’y-harakati bilan mahallaga ichimlik suvi keldi

Senator sa’y-harakati bilan mahallaga ichimlik suvi keldi

Oliy Majlis Senatining virtual qabulxonasi va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali aholi tomonidan ko‘plab murojaatlar yo‘llanmoqda. Ular senatorlar tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, ijobiy hal etilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati Qibray tumani “Guliston” mahallasida istiqomat qiluvchi R.Sobirov va bir guruh nuroniy otaxonlar va faollar hududdagi ikki yildan buyon toza ichimlik suvi muammosini bartaraf etish yuzasidan Senat a’zosi Malika Kadirxanovaga murojaat qildi.

Ushbu holat parlament yuqori palatasi a’zosi tomonidan o‘rganilganida suv mahallaning 6 ta ko‘chasiga isrof bo‘lib oqib yotgani, suv quvurlari yaroqsiz holga kelib qolganligi ayon bo‘ldi. Qolaversa, tegishli mutasaddi tashkilotlar mazkur muammo dasturda ko‘zda tutilmagani va mablag‘ ajratilmaganini ma’lum qilgan.  

Senator M.Kadirxanovaning sa’y-harakati bilan ushbu masala bartaraf etildi. Ya’ni “Guliston” MFY ga uskunalar yetkazib berildi, yaroqsiz holdagi suv quvurlari almashtirildi. Endilikda mazkur mahalla aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.

Bu kabi xayrli tashabbus esa xalqimizda “Suv keltirgan – elda aziz”, degan naqlning amaliy ifodasi, desak mubolag‘a emas.

O‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisi Senatining
Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!