Senat 2019 yilga davlat byudjetini ma’qulladi

Senat 2019 yilga davlat byudjetini ma’qulladi

Oliy Majlis Senati payshanba kungi majlisda 2019 yilga davlat byudjetini YAIM 1,1 foizi yoki 4,5 trln so‘m miqdoridagi defisit bilan ma’qulladi. Shu hafta parlament qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlangan byudjet loyihasi bosh vazir o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov tomonidan taqdim etildi. 

Davlat byudjeti parametrlari 2019 yilga rejalashtirilgan YAIMning 2018 yilga nisbatan 5,4 foizga o‘sishi, inflyasiya - 15,5 foiz darajasida hisobga olingan holda ma’qullandi.

Byudjet daromad qismi YAIMga 24,2% yoki 102,6 trln so‘m miqdorida, xarajatlari - YAIMga 25,3 foiz yoki trln so‘m miqdorida ta’minlanishi rejalashtirilgan.

Bu yil O‘zbekiston davlat byudjeti va makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar kelgusi uch yil uchun birinchi marta prognoz qilindi. Shu bilan birga, 2020-2021 yillarda byudjet defisitini YAIMga nisbatan 0,1%gacha kamaytirish rejalashtirilgan. Uni qoplash uchun 3 trln so‘mlik davlat qisqa muddatli obligasiyalarini chiqarish mo‘ljallanmoqda.

Hukumat 2020 yilda YAIM o‘sishini 6 foizga, 2021 yilda - 7 foizga, inflyasiya darajasi pasayishini - mos ravishda 12,6 foiz va 9,9 foizga prognoz qilmoqda.

O‘zbekistonning 2018 yilga mo‘ljallangan byudjeti o‘tgan yilning dekabr oyida YAIM 0,02 foiz profisit bilan tasdiqlangandi. Kuzda hukumat parametrlarni o‘zgartirdi va 1,2 foiz defisitni, YAIM 5,2 foizga o‘sishi, inflyasiya - 18,8 foiz bo‘lishini prognoz qildi.

Kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!