Saudiya Arabistoni neft quvuriga uchuvchisiz apparatlar hujum qildi

Saudiya Arabistoni neft quvuriga uchuvchisiz apparatlar hujum qildi

Saudiya Arabistonidagi Sharq G‘arb neft quvurining ikkita nasos stansiyasiga dronlar hujum qildi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti Saudiya energetika vaziri Xalid al-Falixga asosan.

Vazir so‘zlariga ko‘ra, voqea seshanba kuni tong soat 06:00 6:30 orasida sodir bo‘lgan. Neft quvuriga portlovchi moddalar yuklangan dronlar hujum qilgan. Oqibatda 8 stansiyada yong‘in sodir bo‘lgan, lekin uni tezda o‘chirilgan.

Hujum uyushtirilgan neft quvuri mamlakat Sharqiy hududidan G‘arbiy qismida joylashgan portlarga xom-ashyo yetkazib beradi.

Saudiya Arabistoni hukumatiga qarashli bo‘lgan Aramco neft kompaniyasi ushbu hujumni qo‘rqoqlarcha malga oshirilgan terakt va diversiya deb atadi.

Eslatib o‘tamiz, shiya qo‘zg‘olonchilariga qarashli bo‘lgan Ansar Alla guruhi bugun ertalab Saudiya Arabistoni hududida bir necha ob’ektlarga hujum uyushtirishni rejalashtirayotganini xabar qilgan edi. Ulan Yaman hududidan turib Saudiyaning muhim infratuzilma ob’ektlariga zarba berishni rejalashtirgan. Ular aytishiga qaraganda, hujumlar Saudiya zo‘ravonlik va blokadani bas qilmaguniga qadar davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!