Saudiya Arabistoni delegasiyasiga O‘zbekistonning ziyorat turizmi imkoniyatlari taqdim etildi

Saudiya Arabistoni delegasiyasiga O‘zbekistonning ziyorat turizmi imkoniyatlari taqdim etildi

Mamlakatimizga tashrif buyurgan Saudiya Arabistoni Qirolligi Savdo-sanoat palatasi kengashi raisi Sami bin Abdulloh al-Ubaydiy boshchiligida delegasiya bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat turizm qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi U.Qosimxo‘jayev uchrashuv o‘tkazdi.
Davlat turizm qo‘mitasi matbuot xizmatiga ko‘ra, uchrashuv davomida mamlakatimizning sayyohlik salohiyati to‘g‘risida roliklar namoyish etildi. Xususan erkin iqtisodiy hududlar, turistik hududlar va ziyorat turizmini rivojlantirish imkoniyatlari haqida axborotlar taqdim etildi.
Saudiya tomoni O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati va hamkorlik uchun imkoniyatlarni yuqori baholashdi.
Saudiya Arabistonining 2030 yilgacha belgilangan rejalari mamlakatga investisiyalarni jalb qilish bilan birga chet davlatlariga sarmoyalarni yo‘naltirishni ham o‘z ichiga olgan, dedi Sami bin Abdulloh al-Ubaydiy. O‘ylaymanki, mamlakatlarimiz ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi uchrashuvlar, muzokaralar Saudiya Arabistonining O‘zbekistonga investisiya kiritishini yengillashtirishga xizmat qiladi.
O‘zA bildirishicha, Saudiya Arabistoni delegasiyasi tarkibida oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik sanoati, mineral resurslar, qurilish, elektronika kabi sohalarda faoliyat olib boruvchi 20 dan ziyod kompaniya vakillari o‘rin olgan. Saudiya Arabistoni Qirolligi Savdo-sanoat palatasi vakillari azim poytaxtimizning diqqatga sazovor joylarini, xususan, Hazrati Imom majmuasini ziyorat qildilar. Mehmonlar majmuadagi tarixiy obidalar, maqbaralar va Hazrati Usmon Mushafi tarixi bilan tanshidilar.

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!