Sana’atkor “Yil ayoli“ deya e’lon qilindi

Sana’atkor “Yil ayoli“ deya e’lon qilindi

AQShlik qo‘shiqchi Ariana Grande Billboard musiqiy jurnali versiyasiga ko‘ra “Yilning eng yaxshi ayoli“ deya e’lon qilindi.

U musiqa sanoatidagi xizmatlari uchun shunday e’tirofga loyiq ko‘rilgan. Tanqidchilarning fikriga ko‘ra, “Grande o‘z nuqtai nazarida yulduzga aylandi. Aslida u hech qanday musiqiy yo‘nalish yoki trendga mos kelmaydi”.

Qo‘shiqchi, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda ayollar va erkaklarning tengligi va qurol savdosini tartibga soluvchi qonunlar qabul qilinishi uchun faol kurashib kelgan. 

25 yoshli kino va teatr aktyori, pop qo‘shiqchisi va model hisoblangan Ariana Grande shu paytgacha to‘rtta albom chiqargan. Uning so‘nggi albomini 2018 yilning avgustida muxlislar e’tiboriga havola etildi.

2017 yil may oyida Buyuk Britaniyaning Manchester shahrida tashkil etilgan Grande konsertining oxirida portlash sodir bo‘lgan edi. Terroristik hujum oqibatida 22 kishi hayotdan ko‘z yumgan. Xunrezlikni “Islom davlati” terrorchilar guruhi o‘z zimmasiga olgan edi.

Xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!