Samarqandlik ayol uch oylik o‘g‘lini 8 ming dollarga sotishga urindi

Samarqandlik ayol uch oylik o‘g‘lini 8 ming dollarga sotishga urindi

Samarqandlik ayol o‘z farzandini Toshkentda sakkiz ming dollarga sotishga urindi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston IIV matbuot-xizmati.

O‘zbekiston IIV tezkor xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir natijasida, 18 mart kuni ayol qo‘lga olingan. U Samarqand viloyati Narpay tumanida ro‘yxatda turgan va vaqtincha Toshkent viloyati Toshkent tumanida yashab kelayotgan bo‘lgan.

25 yoshli SH.O. uch oylik o‘g‘lini O‘rtachirchiq tumanida 8 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi , - deyiladi xabarda.

Ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!