Samarqandda Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi ko‘z o‘ngida yosh qiz pichoqlandi

Samarqandda Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi ko‘z o‘ngida yosh qiz pichoqlandi

Samarqandda qashqadaryolik yigit o‘ziga “unashtirilgan” qizni rashk ortidan, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi va uning haydovchisi ko‘z o‘ngida pichoqladi.

2019 yilning 12 iyun kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi sudyasi T. Qodirov tomonidan Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 1989 yil 20 may kuni tug‘ilgan Abdullayev Rafiq Javlonovichga nisbatan hukm o‘qildi.

«Jahon.uz» internet nashri ishonchli manbasi taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra, 1-14-1906/18-sonli jinoyat ishida Rafiq Abdullayev O‘zbekiston Respublikasi JKning 25,97-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan ayblangan.

Rafiq Abdullayev va Latipova Gulnoza Zarif qizi bilan unashtirilgandan keyin, turli sabablarga ko‘ra o‘zaro kelisha olmay janjallashib kelishgan.

Rafiq Abdullayev 2019 yil 25 yanvar kuni soat taxminan 11:00 da Samarqand viloyati, Kattaqo‘rg‘on shahri, Alisher Navoiy ko‘chasi, 169- uyda joylashgan “Okean” nomli go‘zallik saloni yoniga kelib, Go‘zal Latipovadan gaplashib olishni so‘rab, uni 179-umumiy turar joy ko‘chasiga olib kiradi va uni qasddan o‘ldirish maqsadida yonida bo‘lgan pichoq bilan uning hayoti uchun xavfli bo‘lgan ko‘krak va qorin sohalariga 3 marta jarohat yetkazib, qasddan o‘ldirmoqchi bo‘lgan.

Go‘zal Latipova o‘z vaqtida shifoxonaga olib borilib, unga malakali tibbiy ѐrdam ko‘rsatilganligi natijasida haѐti saqlab qolingan.

Go‘zalning hayoti saqlab qolinishiga asosiy sababchilardan biri bo‘lgan Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Rahimova Feruza Shavkatovnadir. Sababi, Feruza Rahimova o‘z haydovchisi bo‘lgan Temur Xayrullayev bilan ketayotganda Rafiqning Go‘zalni kurtkasi yengidan ushlab tortib ketayotganini ko‘radi va haydovchiga mashinani to‘xtatib birgalikda ularning yoniga borish kerakligini aytadi.

Feruza Rahimova va uning haydovchisi ko‘z o‘ngida Go‘zalga bir necha marotaba pichoq bilan zarba bergan Rafiq, aynan ularning aralashuvi sabab bo‘lajak xotinini o‘ldirishni oxiriga yetkaza olmaydi.

Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi o‘rinbosari, Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Feruza Rahimova opaning befarq munosabatda bo‘lmasligi ortidan bir qizning, bir mudhish jinoyatning oldi olindi.

Sudlanuvchi Abdullayev Rafiq Javlonovich O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “l” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,97-moddasi 2-qismi “l” bandi bilan JKning 57-moddasini qo‘llab, 13 (o‘n uch) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!