Samarqandda Nexia va Isuzu to‘qnashuvi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Samarqandda Nexia va Isuzu to‘qnashuvi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida inson o‘limi bilan yakunlangan yo‘l-transport hodisasi yuz berdi, deb xabar berdi O‘zbekiston IIV YHXBB axborot xizmati.

18 fevral kuni soat 06:40 larda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida haydovchi O.I. boshqaruvida bo‘lgan Isuzu rusumli avtobus hamda ushbu yo‘nalishda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelagan haydovchi F.Q. boshqaruvida bo‘lgan Nexia rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Avariya oqibatida Nexia rusumli transport vositasi haydovchisi F.Q. va ushbu avtomashina yo‘lovchisi F.X.lar voqea joyida vafot etgan.

Yo‘lovchilar D.X. va N.R.lar tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!