Samarqandda "Neksiya-3" "Spark"ni, "Spark" esa ayol kishini urib yubordi

Samarqandda "Neksiya-3" "Spark"ni, "Spark" esa ayol kishini urib yubordi

Joriy yilning 20 yanvar kuni soat 11:05larda, Samarqand viloyati, Paxtachi tumani, A.Temur ko‘chasida, haydovchi, 1993 yilda tug‘ilgan F.S. "Spark" rusumli avtomobilda harakatlanayotib, yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasdan chap tomonga burilayotgan vaqtida, bir yo‘nalishda ortida harakatlanib kelgan, haydovchi, 1994 yilda tug‘ilgan O.X. boshqaruvidagi "Neksiya-3" rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan. Zarb oqibatida "Spark" avtomobili yo‘l chetida turgan piyodani urib yuborgan.

Natijada, piyoda, 1964 yilda tug‘ilgan D.S. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

Mazkur YTH yuzasidan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tumani sudiga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!