Samarada to‘plangan O‘zbekiston fuqarolari o‘z hisobidan poyezdda ortga qaytariladi

Samarada to‘plangan O‘zbekiston fuqarolari o‘z hisobidan poyezdda ortga qaytariladi

Samara viloyatining Bolshechernigov tumanida to‘plangan 1000 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari 7 avgust kuni ertalab ular uchun tashkil etilgan poyezdda uylariga qaytishga tayyor, deb yozadi «Gazeta.uz».

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, barchaga o‘z hisobidan vatanlariga qaytishlari kerakligi haqida ogohlantirilgan. "Chipta narxi 10 ming rublni tashkil qiladi. Odamlar yo‘l haqini oldindan to‘lashga tayyor », — deyiladi manbada. 

Poyezd haqidagi ma’lumot qisman "O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasi tomonidan tasdiqlangan. Temir yo‘l tashuvchisi vakilining so‘zlariga ko‘ra, vatandoshlar haqiqatan ham Rossiyadan olib ketiladi, ammo sanasi va boshqa tafsilotlarni keyinroq e’lon qilish rejalashtirilgan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Rossiya-Qozog‘iston chegarasida muhojirlar va huquq-tartibot idoralari xodimlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar haqidagi videolavhalar va ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. 

Telegram-kanalda joylangan videoda olomon odamlar qo‘llarida metall qalqonli kamuflyaj kiygan odamlarning to‘sig‘idan o‘tishga harakat qilmoqda. Orqa planda «Samara viloyati» yozuvi bor.

Koronavirus sababli Rossiya—Qozog‘iston chegarasi orqali uyga qaytishga umid qilayotgan O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari uchun palatkali lager tashkil etilgan, u yerda 300 ga yaqin muhojir istiqomat qiladi, ular barcha zarur narsalar bilan ta’minlanmoqda. Biroq 500 ga yaqin kishi Bolshechernigov tumani va Orenburg viloyatining Pervomay tumani chegarasidagi federal magistral yaqinidagi dalada bo‘lishni afzal ko‘rishgan.

Ikkinchi hududda favqulodda holat rejimi va karantin joriy etilgan, mintaqalar chegarasida nazorat punkti tashkil etilgan. Dushanba kuni ertalab muhojirlar undan o‘tishga uringanlar. Natijada, ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvni qo‘zg‘atgan uchta shaxsga nisbatan ma’muriy ishlar qo‘zg‘atilgan.

Uyga qaytishni istagan O‘zbekiston fuqarolari muntazam ravishda Rossiya—Qozog‘iston chegarasiga kelib yig‘ilishgan. Chegara hududlaridagi «to‘qnashuvlar» uch marta — may o‘rtalarida va oxirida, shuningdek iyul oyining boshlarida qayd etildi. Barcha holatlarda fuqarolar Qozog‘iston hududi orqali uylariga qaytishga muvaffaq bo‘lgan. Birinchi holda, avtobuslarda 1100 kishi, ikkinchi holatda — 367 kishi qaytgan. Uchinchi marotaba, iyul oyi o‘rtalarida Rossiyaning chegaraoldi hududlaridan Toshkentga uchta poyezdda 2000 dan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qaytarildi.

.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!