Sallivan: AQSh 2024 yil oxirigacha Ukrainaga harbiy yuk yetkazib berishni davom ettira oladi

Sallivan: AQSh 2024 yil oxirigacha Ukrainaga harbiy yuk yetkazib berishni davom ettira oladi

AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan brifing chog‘ida hozirda 2024 yil oxirigacha Ukrainani qurol-yarog‘ bilan ta’minlash uchun yetarli resurslarga ega ekanligini aytdi.

“O‘ylaymanki, hozir mavjud bo‘lgan resurslar bilan biz 2024 yil oxirigacha Ukrainaga kerakli narsalarni yetkazib bera olamiz”, dedi rasmiy.

Sallivanning ishonchi komilki, AQSh va Yevropa davlatlarining Ukrainaga birgalikdagi harbiy yordami Ukraina mojarosida vaqt Rossiya tomonida ekanligi haqidagi bayonotlarga shubha qilish uchun asos beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!