Rossiyaning AQSh bilan yadroviy urushi qanday boshlanishi mumkinligi aytildi

Rossiyaning AQSh bilan yadroviy urushi qanday boshlanishi mumkinligi aytildi

Rossiya va AQSh o‘rtasidagi potensial urush oddiy qurol qo‘llanilishi bilan boshlanishi mumkin, va bir necha kundan bir oygacha va undan ko‘proq vaqt o‘tganidan keyin esa yadro qurolidan foydalaniladi. Bu haqda harbiy ekspert, harbiy fanlar doktori Konstantin Sivkov o‘z maqolasida aytib o‘tdi, deb yozadi «RIA Novosti».

Uning fikricha, AQSh zarbaga tayyorligining bevosita belgisi elchi va diplomatik missiya xodimlarining chaqirib olinishi bo‘ladi. Shuningdek, Rossiya chegaralari yaqinida harbiy mashg‘ulotlar niqobi ostida qo‘shinlar joylashtirilishi va mamlakat hududi bo‘ylab zarbalar berish imkonini beruvchi hududlarda harbiy-dengiz kuchlarining zarba guruhlari yaratilishi mumkin.

Ehtimoliy tajovuzkorning bunday xatti-harakatlari, ekspertning fikricha, Rossiyaga oldini oluvchi choralar, masalan, Rossiyani nishonga olgan ballistik va qanotli raketalarning tayanch hududlariga noyadroviy qurol bilan preventiv zarba berish uchun vaqt beradi.

Bundan tashqari, muallif yadroviy tiyib turish salohiyatini kengaytirish uchun yadroviy kallaklarga ega o‘rta masofaga uchuvchi ballistik raketalarni ishlab chiqishni kengaytirishni taklif qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!