Rossiyalik xokkeychilar haqida fikr bildirgan amerikalik jurnalist qiz tahdidlar ostida qoldi

Rossiyalik xokkeychilar haqida fikr bildirgan amerikalik jurnalist qiz tahdidlar ostida qoldi

“The New York Times” gazetasi jurnalisti Juli Robenxaymer Xalqaro xokkey chempionatida Rossiya xokkeychilarining o‘yini haqida noto‘g‘ri izoh berganidan keyin ko‘plab tahdidlar ostida qoldi.

 

Amerika jamoasi bilan Rossiya jamoasi o‘yinida amerikaliklar mag‘lubiyatga uchrashdi. Jurnalist qiz bu holatni "absurd" so‘zini ishlatish bilan izohladi. Uning bayonoti ko‘plab ommaviy axborot vositalarining e’tiborini tortdi, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining esa g‘azabini keltirdi. Natijada u ijtimoiy tarmoqlar orqali  hatto qotillik bilan tahdid qilingan xabarlarni ham qabul qila boshladi. Jurnalist qiz bo‘lgan voqeani tushuntirishga harakat qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, "absurd" so‘zini ishlatib, u salbiy ma’noni ko‘rsatmoqchi emas, balki ruslarning o‘yini ajoyib bo‘lganini aytmoqchi bo‘lgan. To‘g‘ri tarjima qilish uchun ingliz tilini yetarli darajada bilmagan rus ishqibozlarining ko‘pchiligini esa savodsiz deb ta’kidlagan.

 

"Sport Express" nashriga bergan intervyusida esa Rossiya jamoasini ajoyib deb hisoblashini qo‘shimcha qilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!