Rossiyalik prankerlar Makron nomidan Polsha prezidentiga qo‘ng‘iroq qilgan

Rossiyalik prankerlar Makron nomidan Polsha prezidentiga qo‘ng‘iroq qilgan

Rossiyalik prankerlar Polshaning Ukraina bilan chegaraga yaqin joyda raketa qulagan kechasi Makron nomidan Polsha prezidentiga qo‘ng‘iroq qilgan.

Vladimir Kuznesov va Aleksey Stolyarov ismli prankerlar Polshaning Pshevoduv qishlog‘iga raketa qulashidan so‘ng, darhol Anjey Dudaga qo‘ng‘iroq qilgani va o‘zini Fransiya prezidenti Emmanuel Makron deb tanishtirganliklarini xabar qilishdi. Polsha prezidenti idorasi ham bu ma’lumotni tasdiqladi.

Suhbat yetti yarim daqiqa davom etgan. Prankning nashr etilgan yozuvida, xususan, Duda juda ehtiyotkor ekanligini va sodir bo‘lgan voqea uchun Rossiyani ayblamasligini ma’lum qilgan.

Polsha prezidenti idorasi suhbat chog‘ida Anjey Duda qo‘ng‘iroq qiluvchining g‘ayrioddiy xatti-harakatidan uni aldashga urinayotgan bo‘lishi mumkinligini anglagani va suhbatni yakunlaganini qayd etdi. Polsha Prezidenti devoni holat yuzasidan boshqa xizmatlar bilan hamkorlikda tekshiruv boshlagan.

Reuters agentligiga ko‘ra, bu so‘nggi yillarda ikkinchi marta rossiyalik prankerlarning Anjey Dudaga qo‘ng‘iroq qilishi. 2020 yilda ular BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish nomidan Polsha prezidentiga qo‘ng‘iroq qilgan. Bundan tashqari, ushbu prankerlar Emmanuel Makron, britaniyalik qo‘shiqchi Elton Jon va Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Boris Jonson va boshqalarga ham turli qo‘ng‘iroqlar bilan chiqishgan.

Prankerlarning Rossiya Federal xavfsizlik xizmatida ishlashi gumon qilinmoqda, ammo ular buni rad etishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!