Rossiyaga hujum: Rossiyaning Lipetsk shahri «yirik» dron hujumidan keyin evakuasiya qilindi

Rossiyaga hujum: Rossiyaning Lipetsk shahri «yirik» dron hujumidan keyin evakuasiya qilindi

Lipetsk shahri tashqarisidagi Rossiya aviabazasida juma kuni ertalab yong‘in chiqqan. Rasmiylar «yirik hujum» haqida xabar berdi.

Viloyat gubernatori Igor Artamonov Telegram’da to‘rtta qishloq favqulodda holat e’lon qilinganidan keyin evakuasiya qilinayotganini ma’lum qildi. Lipetsk shahri Ukraina chegarasidan 330 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Gubernator dastlab ijtimoiy tarmoqlardagi hududni tark etish chaqiriqlarni rad etib, ularni «dushman vahima qo‘zg‘ash uchun tarqatganini» aytdi.

Biroq, u tezda yo‘nalishini o‘zgartirib, Lipetsk shahri chetidagi to‘rtta qishloqni evakuasiya qilish haqida buyruq berdi.

«Portlovchi ob’ektlarning portlashi oqibatlarini bartaraf etish uchun Lipetsk munisipal okrugida favqulodda holat joriy etildi», — dedi u. – Vaqtinchalik joylashtirish punktlari va transport vositalari tayyorlanmoqda.

Keyinroq Artamonov tahdid darajasi olib tashlanganini, biroq dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida olti kishi halok bo‘lgani va portlashlar elektr inshootlariga zarar yetkazganini aytdi.

Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lum qilishicha, bir kechada Ukrainaning 75 ta dronlari bir nechta hududlar bo‘ylab, jumladan, Lipetskda urib tushirilgan. Qancha dron o‘tib ketishga muvaffaq bo‘lgani aniq emas.

Kursk hujumidan keyin Rossiya Ukraina qo‘shinlari bilan jang qilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!