Rossiyadan fuqarolarni olib kelish uchun 3 ta avtobus yo‘lga chiqdi

Rossiyadan fuqarolarni olib kelish uchun 3 ta avtobus yo‘lga chiqdi

O‘zbekiston fuqarolarini Rossiyadan olib kelish uchun navbatdagi avtobuslar yo‘lga chiqdi.

RFdan O‘zbekistonga qaytish istagida bo‘lgan fuqarolarni olib kelish maqsadida Transport vazirligi huzuridagi “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan 22 oktyabr kuni 3 ta avtobus Yekaterinburg shahriga jo‘nab ketdi.

Rejaga muvofiq avtobuslar bugun kechga belgilangan manzilga yetib boradi. Tashkil etilgan maxsus avtobus qatnovi orqali Yekaterinburg, Chelyabinsk, Tyumen shaharlaridan jami 150 nafar fuqarolar O‘zbekistonga olib kelinadi.

Maxsus avtobus qatnovlari barcha sanitariya qoidalari va Qozog‘iston hamda Rossiya Federasiyasi tomonidan qo‘yilgan talablarga qat’iy amal qilgan holda bajarilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!