Rossiyadagi «Avangard» zavodida yuz bergan portlashning uch qurboni chet ellik ekani aytildi

Rossiyadagi «Avangard» zavodida yuz bergan portlashning uch qurboni chet ellik ekani aytildi

«Halok bo‘lganlarning uch nafari — chet ellik», — dedi agentlik suhbatdoshi; uning qo‘shimcha qilishicha, barcha qurbonlarning shaxsi aniqlangan.

Biroq «TASS» xabarida qurbonlar aynan qaysi mamlakatlarning fuqarolari ekanligiga aniqlik kiritilmagan.

Avvalroq halok bo‘lganlardan biri Belarus fuqarosi ekani haqida xabar berilgan edi.

Pirotexnika vositalari va kemping uchun mebel ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Avangard» zavodida 19 oktyabr kuni portlash yuz bergan edi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!