Rossiyada yotoqxonadagi yong‘inda 5 kishi halok bo‘ldi

Rossiyada yotoqxonadagi yong‘inda 5 kishi halok bo‘ldi

Rossiya poytaxti Moskva yaqinida Balashixadagi yotoqxonada yong‘in sodir bo‘ldi, 5 kishi halok bo‘ldi, 3 kishi qutqarildi.

Bu haqda TASS agentligiga tayanib, «Report» xabar bermoqda.

«Keramicheskaya ko‘chasidagi yotoqxonada sodir bo‘lgan yong‘in natijasida 3 kishi qutqarib qolindi, hozirda reanimasiya choralari ko‘rilmoqda, 10 kishi hududdan evakuasiya qilindi», — dedi agentlik suhbatdoshi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Bosh boshqarmasi matbuot xizmati yong‘in faktini tasdiqladi. Uning ta’kidlashicha, yong‘in 40 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. Yong‘in o‘chirilgan.

Voqea ikki qavatli eski binoda sodir bo‘lgan.

Tezkor xizmatlardan ma’lum qilinishicha, yong‘inga elektr tarmog‘ining avariyali ishlashi sabab bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, binoda migrantlar yashagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!