Rossiyada Denisov — Shomurodov dueli qanday yakun topdi?

Rossiyada Denisov —  Shomurodov dueli qanday yakun topdi?

Futbol bo‘yicha Rossiya Premyer-ligasida 17-tur o‘yinlariga start berildi. Ushbu tur bahslarini hamyurtlarimiz ishtirokidagi o‘yin ochib berdi.

Hamyurtimiz Vitaliy Denisov faoliyat olib borayotgan Samaraning “Krilya Sovetov” jamoasi o‘z maydonida yana bir yurtdoshimiz, terma jamoamiz a’zosi Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan “Rostov” klubini qabul qildi. Ta’kidlash kerak, uchrashuv ancha asabiy tarzda kechib, uchrashuv bosh hakami yetti nafar futbolchini ogohlantirib, yana uch kishini maydondan chetlatdi.

Ayniqsa, ikkinchi bo‘limdagi deyarli har bir epizoddan keyin janjal kelib chiqdi. Uchrashuvning 47-daqiqasida Vitaliy Denisov o‘z jamoadoshi, darvozabon Sergey Rijikov bilan to‘qnashuvdan keyin hushini yo‘qotdi va bir necha daqiqadan so‘ng maydonga qaytgan hamyurtimiz 68-daqiqada jamoadoshi Zotov bilan almashtirildi. Yana bir vatandoshimiz, “Rostov” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Eldor Shomurodov esa bahsda to‘liq harakat qildi.

Uchrashuv taqdirini esa 11-daqiqada Paul Anton tomonidan kiritilgan gol hal qildi – 1:0. Ushbu g‘alabadan so‘ng samaraliklar o‘z ochkolari sonini 17taga yetkazgan holda 12-o‘ringa ko‘tarilib olishdi. “Rostov” esa 24 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!