Rossiyada bir sutkada yana 10 ming kishi koronavirusga chalindi

Rossiyada bir sutkada yana 10 ming kishi koronavirusga chalindi

Rossiyada o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 10 028 holat aniqlandi. Bu haqda tezkor shtab ma’lumotlarida keltirilgan.

Mamlakatda COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan buyon kasallanganlar soni 242 271 kishiga yetdi.

Kasallikka chalinish bo‘yicha asosiy holatlar o‘tgan bir sutka ichida Moskva (4703 kishi), Moskva viloyati (962) va Sankt-Peterburgda (435) qayd etilgan. Shuningdek, o‘tgan bir sutka ichida 96 kishi koronavirus qurboniga aylangan bo‘lib, pandemiya boshlanganidan buyon COVID-19 oqibatida vafot etganlar soni 2212 kishiga yetdi.

Mamlakatda hozirga qadar koronavirusdan davolanishga muvaffaq bo‘lganlar soni 48 ming kishidan oshdi (o‘tgan bir sutka ichida +4491 kishi).

Rospotrebnadzor ma’lumotlariga ko‘ra, bir sutka ichida koronavirusga 177 mingga yaqin test olingan bo‘lib, hozirga qadar olingan jami testlar soni 5,9 milliondan oshgan.

Avvalroq Rossiya koronavirusga chalinganlar soni bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘ringa chiqib olgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin va prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham koronavirus aniqlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!