Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida yo‘lovchi poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Rossiya iyul oyidan Shimoliy Koreyaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘lovchi poyezdlari jadvalini ishga tushiradi. Bu haqda Rossiya hukumati manbalariga tayanib, Reuters'ga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Rossiya va Shimoliy Koreya o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘lovchi poyezd almashinuvi COVID pandemiyasi tufayli 2019 yilda uzilib qolgan. Endilikda ikki tomon ushbu tizimni qayta ishga tushirishga kelishib olgan.

Rossiyaning Shimoliy Koreya bilan chegaradosh Primorsk o‘lkasi gubernatori Oleg Kojemyako ushbu xabarni tasdiqlagan. Tizim ishga tushgach, poyezdlar Rossiyaning Vladivostok shahridan Shimoliy Koreyaning Rason shahrigacha harakatlanishi xabar qilingan.

“Vladivostokkacha fuqarolar samolyotda uchib kelgach, poyezdda to‘g‘ridan to‘g‘ri KXDRga borishi mumkin bo‘ladi. Sayohatchilar u yerning go‘zalligi, tabiati, madaniyatidan bahramand bo‘ladi, urf-odat va an’analar bilan tanishadi”, — degan Primorsk viloyati rahbari Oleg Kojemyako Vladivostokdagi Shimoliy Koreya vakillari ishtirokidagi tadbirda.

Manbada aytilishicha, yo‘lovchi transporti tizimini qayta yo‘lga qo‘yish kelishuvi Vladimir Putinning Shimoliy Koreyaga tashrifi davomida erishilgan. Ikki tomonlama shartnomalarda fuqarolarning ikki mamlakat hududida erkin va to‘siqsiz harakatlanishiga kelishilgan.

Yo‘lovchi poyezdlari iyul oyi boshida harakatga qo‘yilishi aytilgan. Poyezdlar qatnovi faqat Shimoliy Koreyaning Vladivostokka yaqin shimoli-sharqiy qismlarigagina ruxsat berilishi ma’lum qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!