Rossiya so‘nggi bir hafta ichida Ukraina shaharlariga 700 dan ortiq aviabomba tashladi

Rossiya so‘nggi bir hafta ichida Ukraina shaharlariga 700 dan ortiq aviabomba tashladi

Rossiya so‘nggi bir hafta ichida Ukraina shaharlariga 700 dan ortiq aviabomba tashladi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, 8 iyuldan beri Rossiya armiyasi, shuningdek, Ukraina hududiga 170 dan ortiq hujumchi dron va 80 ga yaqin raketa uchirgan.

Avvalroq, Zelenskiy AQShga tashrifi yakunida G‘arbga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirgan va yangi qo‘llab-quvvatlash choralari, xususan, Ukrainaga yangi Patriot tizimlari va o‘nlab boshqa havo mudofaa tizimlari ajratilishi kerakligini aytgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!