Rossiya Estoniya diplomatini mamlakatdan chiqarib yubordi

Rossiya Estoniya diplomatini mamlakatdan chiqarib yubordi

Rossiya hukumati 17 aprel kuni Estoniya diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborish haqida qaror chiqardi. Bu haqda rus manbalariga tayanib, Anadolu nashri xabar berdi.

Ushbu qaror Estoniya hukumatining Rossiyaga nisbatan tutgan siyosatiga javoban chiqarilgan. Oldinroq Tallindagi ma’muriyat Rossiya elchisini mamlakatdan chiqarib yuborgan edi.

Xabarga ko‘ra, estoniyalik diplomat, elchixona rasmiysi Jana Vanamolder Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan. Diplomat Rossiya hududida persona non grata deb e’lon qilingan. Endi u mamlakatga boshqa kira olmaydi.

“O‘zaro munosabatlar tamoyilidan kelib chiqib, Estoniyaning Moskvadagi elchixonasi diplomatik xodimi Rossiyadan chiqarib yuborilayotgani xabar qilinadi”, — deyilgan vazirlik xabarida.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, shuningdek, Boltiqbo‘yi davlatining har qanday “dushmanlik faoliyati”ga har doim “tegishli javob” berilishini ma’lum qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!