Ronaldu finaldan so‘ng de Ligtga qanday maslahat berdi?

Ronaldu finaldan so‘ng de Ligtga qanday maslahat berdi?

Gollandiya terma jamoasi va "Ayaks" klubi himoyachisi Matteys de Ligt Millatlar Ligasi finalida Portugaliyaga qarshi o‘yindan keyin Ronaldu unga qanday maslahat berganini aytdi.

"Ronaldu menga "Yuventus"ga o‘tishni tavsiya qildi. Men buni kutmagandim, shuning uchun juda hayron bo‘ldim, quvondim ham. Ammo hozir men ta’tilga chiqaman, kelajagimni keyinroq o‘ylayman. O‘ylashimcha, men uchun muhimi — qaror qabul qilganimdan keyin nimalar bo‘lishi. Men menga ko‘proq o‘yin amaliyoti beradigan jamoaga o‘tishni istayman", dedi de Ligt.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!