Roman Abramovich “Chelsi”ni sotmoqchi

Roman Abramovich “Chelsi”ni sotmoqchi

Rossiyalik tadbirkor Roman Abramovich o‘zi egalik qiladigan “Chelsi” klubini sotish haqida o‘ylab qoldi. Bu haqda The Sunday Times nashri xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Abramovich sport va texnologiya kompaniyalari bo‘yicha ixtisoslashgan Raine Group investisiya banki bilan aloqaga chiqqan va ularga klubning sotuvi bo‘yicha so‘rov yuborgan.

Hozircha Abramovichning vakillari mazkur gap-so‘zlarga munosabat bildirayotgani yo‘q. Bundan avvalroq Abramovichga Amerikaning Silver Lake Partners kompaniyasi klubni sotib olish taklifi bilan chiqqan, ammo rus tadbirkori bu taklifni rad qilgan. Shuningdek, buyuk britaniyalik biznesmen Jeyms Retkliffning 2 milliard funtlik taklifiga ham rad javobi berilgani aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Roman Abramovich “Chelsi”ni 2003 yilda 140 million funt evaziga sotib olgandi. O‘tgan vaqt ichida jamoa 5 marta Angliya premyer-ligasi bosh sovrinini qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 5 marta Angliya Kubogida zafar quchgan. 2012 yilda jamoa Yevropa chempionlar ligasi g‘olibligini qo‘lga kiritgandi.

Eslatib o‘tamiz, may oyida Roman Abramovichning Buyuk Britaniya investisiya vizasi uzaytirib berilmagan edi. Shundan so‘ng, u Isroil fuqaroligini olishga majbur bo‘lgan. Isroil fuqaroligi 1,5 yil davomida Buyuk Britaniya hududida qolish imkoniyatini taqdim etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!