Rim Papasi birinchi marotaba jamoat oldiga niqob taqib chiqdi

Rim Papasi birinchi marotaba jamoat oldiga niqob taqib chiqdi

Papa Fransisk birinchi marta himoya niqobini taqib olgan holda ommaviy tadbirda qatnashdi, deb xabar bermoqda “Reuters”.

Xabar qilinishicha, u jamoat tadbirlarida niqob taqmaganligi va ba’zida shu xuddi holatda tashrif buyuruvchilar bilan nisbatan yaqin aloqada bo‘lganligi uchun, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda tanqidlarga uchragan.

Ta’kidlanishicha, Rim papasi nutq paytida boshqa diniy rahbarlar singari niqobini yechib qo‘ygan, ammo nutqi tugagandan so‘ng uni yana taqib olgan.

 

 

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!