Respekt! Erdo‘g‘an koronavirusga chalinganlar uchun 7 oylik maoshidan voz kechdi

Respekt! Erdo‘g‘an koronavirusga chalinganlar uchun 7 oylik maoshidan voz kechdi

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an yetti oylik maoshidan (90 ming dollarga yaqin) voz kechdi. Ma’lum bo‘lishicha, u maoshini mamlakatda koronavirusga qarshi kurashish uchun xayriya qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Erdo‘g‘an koronavirus sabab yordamga muhtojlarga ko‘mak berish uchun xayriya aksiyasi boshlanganligini e’lon qildi. Turkiya Prezidentining so‘zlariga ko‘ra, mamlakat vazirlari ham xayriya kampaniyasiga mablag‘ ajratgan. Kampaniyaning ilk kunida 1 million dollarga yaqin mablag‘ yig‘ilgan. 

Ma’lumot uchun, Turkiyada jami 10 827 nafar inson koronavirusdan kasallandi. Ularning 168 nafari vafot etdi, 162 nafari esa sog‘ayib ketdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!