Rekord mablag‘! 472 500 dollarlik oq lochin

Rekord mablag‘! 472 500 dollarlik oq lochin

Saudiya Arabistonida lochinlarni sotish bo‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatildi.

Podshohlikda 14ta davlatdan kelgan lochin seleksionerlari ishtirokida o‘tgan xalqaro auksionda AQShdan keltirilgan oq lochin rekord narxga – 472500 dollarga sotildi.

Ma’lum qilinishicha, rekordchi lochin bir yoshdan kichik, og‘irligi 700 gramm keladi, uzunligi esa 40 smni tashkil qiladi. Lochin oq shumkar zotiga mansub bo‘lib, dunyoda lochinlar ko‘paytirish bo‘yicha eng yaxshi ferma deb e’tirof etiluvchi Pacific Northwest Falcons’da yetishtirilgan.

Lochin ovi Yaqin Sharqda uzoq tarixga ega bo‘lib, Fors ko‘rfazi hududida lochinga ega bo‘lish obro‘li hisoblanadi.

Saudiya Arabistonida umumiy hisobda 20 mingdan ko‘proq lochinboqar bo‘lib, 2017 yil iyulda ularning uyushmasi tashkil etilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!