«Real» yangi hujumchi sotib olmasa, Benzemaning o‘rinbosari kim bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

«Real» yangi hujumchi sotib olmasa, Benzemaning o‘rinbosari kim bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

Ispaniyalik hujumchi Raul de Tomas yangi mavsumda Real safiga qaytishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi.

Agarda klub yangi hujumchi sotib olmaydigan bo‘lsa, 24 yoshli futbolchi kelasi mavsum Benzemaning o‘rinbosari sifatida faoliyat olib boradi. Buni madridliklar bosh murabbiyi Zinedin Zidan xohlamoqda.

Eslatib o‘tamiz, De Tomas hozirda ikkinchi mavsumni Rayo Valyekano da ijara asosida o‘tkazyapti. U joriy mavsum La Liga doirasida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Bir yil avval esa u Segundada (La Ligadan keyingi o‘rinda turuvchi liga) 32 ta bellashuvda 24 ta golga mualliflik qildi va Rayo Valyekano ning La Ligaga qaytishiga yordam berdi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!