"Real Madrid"ning ukrainalik posboni Yevro-2024 guruh bosqichining eng yomon darvozaboni deb topildi

"Real Madrid"ning ukrainalik posboni Yevro-2024 guruh bosqichining eng yomon darvozaboni deb topildi

"Real Madrid" va Ukraina terma jamoasi darvozaboni Andrey Lunin Whoscored tomonidan Yevro-2024 guruh bosqichining eng yomon darvozaboni deb tan olindi.

Analitik portal Luninni 3,8 ball bilan “mukofotladi”.

Ikkinchi o‘rinni Turkiya terma jamoasi darvozaboni Altay Bayindir (5,42) egalladi. Antireytingda uchinchi o‘rin Polsha terma jamoasi darvozaboni Voysex Shesniyga nasib etdi (6,14).

Eslatib o‘tamiz, Lunin birinchi turda Ruminiya terma jamoasiga qarshi o‘yinda Ukraina terma jamoasi darvozasini qo‘riqlagandi. Mazkur o‘yinda Andrey uchta gol o‘tkazib yubordi, jamoasi esa mag‘lubiyatga uchradi. Keyingi ikki o‘yinda Anatoliy Trubin uning o‘rnini egalladi - uning ishtirokida ukrainaliklar faqat bitta gol o‘tkazib yuborishdi, ammo baribir pley-offga chiqa olishmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!