«Real» Kilian Mbappeni xarid qiladigan bo‘lsa Eden Azar bilan xayrlashadi

«Real» Kilian Mbappeni xarid qiladigan bo‘lsa Eden Azar bilan xayrlashadi

«Real» futbol klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni qo‘lga kirita olsa, hujumkor yarim himoyachi Eden Azar jamoani tark etishi mumkin.

Fransiyalik futbolchi Azar harakat qiladigan pozisiyada (chap qanot hujumi) to‘p suradi va o‘ng qanotda o‘ynashni istamayapti. Azar esa «Real»ga kelganidan beri jamoaning 40 dan ortiq o‘yinini jarohat sabab o‘tkazib yubordi. Bundan tashqari belgiyalik futbolchi yiliga 14 million yevro maosh oladi. Moliyaviy qiyinchiliklar davrida «Real» ham Azar, ham Mbappega katta maosh to‘lashga qiynaladi.

«Real»dagilarning fikricha, Mbappe OAVning ko‘proq e’tiborini tortadi, bu esa Azarning o‘ziga bo‘lgan ishonchiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu sabab Madrid klubi rahbariyati Kilian transferi amalga oshadigan bo‘lsa, Azar hech qachon avvalgi darajasiga chiqa olmasligidan xavotirda.

Yuqoridagi sabablar tufayli «Real» rahbariyati Azar bilan xayrlashish qaroriga kelishi mumkin, deya xabar qilmoqda AS.

Azar La Liga 2020/21 yilgi mavsumida 8 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol va bitta golli uzatma muallifiga aylandi. Ayni vaqtda futbolchi jarohatini tiklamoqda. Mbappe Liga 1 joriy mavsumidagi 22 o‘yinda 16 gol va 6 ta golli uzatma amalga oshirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!