Rasman: Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton nomini oldi

Rasman: Qozog‘iston poytaxti Nur-Sulton nomini oldi

Qozog‘istonning prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev davlat poytaxtini birinchi prezident Nursulton Nazarboyev sharafiga nomlash taklifini bergan, deputatlar ham uni ma’qullagan edi.

Qosim-Jomart To‘qayev bugun poytaxt Ostona shahrini Nur-Sulton deb qayta nomlash to‘g‘risidagi farmonni imzolagan. Farmon Oq O‘rda rasmiy saytida keltirilgan.

Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Ostona shahri Qozog‘iston Respublikasi poytaxti Nur-Sulton deya qayta nomlansin , deyiladi farmonda.

Qozog‘iston poytaxtidagi Navro‘z bayrami tantanalari nishonlanadigan maydonda Ostona shahri nomini Nursulton deb o‘zgartirishni qo‘llab-quvvatlovchilar va unga qarshilar o‘rtasida mushtlashuv ham sodir bo‘lgan, polisiya 20ga yaqin kishini qo‘lga olgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!