Ramzon Qodirov Habib Nurmagomedovga mashina sovg‘a qildi

Ramzon Qodirov Habib Nurmagomedovga mashina sovg‘a qildi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning ma’lum qilishicha, Ahmad Hoji Qodirov nomidagi jamg‘arma Mutlaq jangchilar chempionati (UFC) chempioni Habib Nurmagomedovga irlandiyalik Konor Makgregor ustidan g‘alaba qozongani munosabati bilan mashina sovg‘a qildi. Bu haqda "Kun" nashri xabar bermoqda.

Shuningdek, siyosatchining o‘z telegram-kanalida qo‘shimcha qilishicha, Grozniy hokimi Ibrohim Zakriyev jangchiga «Grozniy shahrining faxriy fuqarosi» unvonini berdi.

Rossiyalik jangchining otasi va murabbiysi Abdulmannop Nurmagomedovga «Checheniston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jismoniy tarbiya sohasi xodimi» unvoni berildi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!