RAMAZON OYINING OXIRGI 10 KUNLIGI ALLAQACHON BOSHLANGAN!

RAMAZON OYINING OXIRGI 10 KUNLIGI ALLAQACHON BOSHLANGAN!

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
"Laylatul qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kechasining toq (kecha)laridan izlanglar", deganlar.

🟠Qadr kechasining 1 soniyasi 23 soatdan afzal
🟠1 daqiqasi 58 kundan afzal
🟠1 soati 9 yilu 8 oydan afzal
🟠1 kechasi 83 yilu 3 oydan afzal

Oisha onamiz roziyallohu anho aytadilar:
"Nabiy sollallohu alayhi vasallam (oxirgi) o‘n kunlik kirib kelsa belbog‘larini mahkam bog‘lardilar, kechalarini tiriltirar va ahllarini uyg‘otardilar".

Bu yilgi ramazon oyining oxirgi toq kechalari:
⭐️ 21 kecha: 30 mart (shanba)dan — 31 mart (yakshanba)ga o‘tar kechasi;
⭐️ 23 kecha: 1 aprel (dushanba)dan — 2 aprel (seshanba)ga o‘tar kechasi;
⭐️ 25 kecha: 3 aprel (chorshanba)dan — 4 aprel (payshanba)ga o‘tar kechasi;
⭐️ 27 kecha: 5 aprel (juma)dan — 6 aprel (shanba)ga o‘tar kechasi;
⭐️ 29 kecha: 7 aprel (yakshanba)dan — 8 aprel (dushanba)ga o‘tar kechasi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!