Qo‘shnisining yuziga eshigini yopgan odam...

Qo‘shnisining yuziga eshigini yopgan odam...

111. Ibn Umardan rivoyat qilinadi:

«Boshimizga shunday zamon yoki paytlar keldiki, bir odamning bir dinori yoki dirhami bo‘lsa, o‘shanga uning musulmon birodaridan ko‘ra haqliroq odam yo‘q edi.

Bugungi kunga kelib, ba’zilarimizga dinor va dirham musulmon birodaridan afzalroq bo‘lib qoldi. Holbuki, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Qiyomat kuni ko‘pchilik qo‘shnisining bo‘yniga osilib olib: «Robbim! Bu qo‘shnim mening yuzimga eshigini yopdi va yaxshiligini man qildi», deydi», deganlarini eshitganman».

Sharh: Demak, qo‘shnining yuziga eshik yopish shariatimizda qoralangan ishladan ekan. Aksincha, muhtoj bo‘lgan qo‘shniga yordam berish, yaxshilik qilish lozim, aks holda qo‘shni qiyomatda haqqini da’vo qilishi mumkin ekan.

Ushbu haqiqatni har birimiz yaxshi bilib olib, atrofdagilarga tushuntirishimiz kerak.

Mulohaza qilib ko‘rsak, avval gap ota-onani hurmat qilish to‘g‘risida ketdi.

Keyin farzandlarga mehribonlik, rahm qilish to‘g‘risida so‘z yuritildi.

So‘ng qavm-qarindoshga oqibat qilish haqidagi hadis va rivoyatlar sharh qilindi.

Endi esa qo‘ni-qo‘shnilar, ular bilan olib boriladigan munosabatlar haqida co‘z bormoqda.

Demak, Islom ta’limoti butun insoniyatni o‘zaro yaxshi aloqada, yaxshi muomalada bo‘lishga chaqirar ekan.

Ushbu hadisdan olinadigan foydalar:

1. O‘tgan kunlarni eslab turish yaxshi ekani.

2. Avvalgi musulmonlarda mol-dunyodan ko‘ra birodarlar afzal ko‘rilgani.

3. Keyinchalik mol-dunyo musulmon birodardan afzalroq bo‘lib qolgani.

4. Bu dunyoda qarovsiz qolgan qo‘shni qiyomat kuni o‘z qo‘shnisining bo‘yniga osilib olib da’vo qilishi.

5. Qo‘shni haqqi qiyomatda savol-javob qilinadigan haqlardan biri ekani.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!