Qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun to‘lov miqdori ma’lum qilindi

Qo‘lda terilgan 1 kg paxta uchun to‘lov miqdori ma’lum qilindi

Qo‘lda terilgan paxtaning 1 kilogrami uchun mavsumga qarab ming so‘mgacha, aholi kam bo‘lgan ayrim tumanlarda esa 1 300 so‘mgacha haq to‘lanadi. Bu haqda Bosh vazir Abdulla Aripov 5 sentyabr kuni Vazirlar Mahkamasida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qildi, deb yozadi Bekzod Shukurov Facebookʼdagi sahifasida.

Yig‘ilishda paxta terimi to‘liq bozor munosabatlari asosida amalga oshirilishi aytib o‘tilgan. Shuningdek, paxta terimi vaqtida majburiy mehnatga qat’iy tartibda yo‘l qo‘yilmasligi alohida ta’kidlangan.

Aholi kam bo‘lgan hududlar uchun alohida tartib belgilanib, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlarining barcha tumanlarida, Qashqadaryo viloyatining Koson, Muborak, Nishon va Kasbi, Surxondaryo viloyatining Qiziriq va Muzrabot tumanlarida qo‘lda terilgan bir kilogramm paxta uchun qo‘shimcha 150 so‘m, oziq-ovqat xarajatlariga 150 so‘m, jami 300 so‘m ustama haqi to‘lanishi belgilangan.

Ushbu mablag‘lar Moliya vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan ta’minlanadi. Shu maqsadda jamg‘armadan 246 mlrd. 404 mln so‘m ajratilishi rejalashtirilmoqda.

Manba: uz24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!