Qrimda amaldor fojiali tarzda o‘lim topdi

Qrimda amaldor fojiali tarzda o‘lim topdi

Saki shahar kengashi raisi o‘rinbosari Mixail Kashirin fojiali tarzda o‘lim topdi. Bu haqda "Tavrida" davlat teleradiokompaniyasi viloyat Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, erkak "Simferopol — Yevpatoriya" trassasida yo‘lni kesib o‘tgan. Kashirinni mashina urib yuborgan.

"Saki shahridagi "Simferopol — Yevpatoriya" avtomagistralida, "Audi A6" haydovchisi Simferopol yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanayotganda piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan piyodani urib yubordi", — deyiladi matbuot xizmati xabarida.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati fojia sodir bo‘lgan joyda ishlamoqda. O‘lim holati aniqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!