Qozog‘istondagi YTH oqibatida 17 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istondagi YTH oqibatida 17 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi

Qozog‘istondagi YTH oqibatida 17 yoshli O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, yana biri jarohat oldi.

TIVning O‘zbekistonning Olmaota shahridagi bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga tayanib xabar berishicha, 2019 yilning 11 iyun kuni Aqtobe viloyatida Qarabutaq-Aqtobe avtomobil yo‘lida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

“YTH oqibatida 15.09.2002-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarosi Diyorbek Doniyor o‘g‘li Kushshayev vafot etdi”, - deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning yana bir fuqarosi 22.02.1986-yilda tug‘ilgan Daniyar Tahirovich Nishonov jarohat olgan va Aqtobe viloyati Aytekebi tumani “Komsomol” shaharchasidagi Markaziy tuman shifoxonasiga joylashtirilgan. Uning sog‘ligining holati o‘rtacha barqaror.

Bosh konsulxona tomonidan marhumning qarindoshlariga tegishli konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda va vaziyat to‘liq nazoratga olingan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!