Qozog‘istonda 20 yoshli haydovchi kollej o‘quvchilarini bosib ketdi

Qozog‘istonda 20 yoshli haydovchi kollej o‘quvchilarini bosib ketdi

Qozog‘istonning g‘arbida yengil avtomobil haydovchisi bir guruh kollej o‘quvchilari ustiga bostirib borgan. Bu haqda «Sputnik» nashri axborotiga tayanib xabar.uz ma’lum qildi.

Voqea Xromtau shahrida yuz bergan. Dastbalki ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yoshli haydovchi avtoturargohdan chiqayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi odamlar ustiga bostirib borgan.

Halokat oqibatida 10 o‘quvchi jabrlangan. Ularning barchasi Xromtau tuman shifoxonasiga joylashtirilgan. Aniqlanishicha, jabrlanganlar Xromtau tog‘ texnika kolleji o‘quvchilari hisoblanishadi.

Hozir polisiya sudgacha tergov harakatlarini boshlab yuborgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!