Qozog‘iston vaksinasi JSST tavsiya etadigan dorilar ro‘yxatiga kiritiladi

Qozog‘iston vaksinasi  JSST tavsiya etadigan dorilar ro‘yxatiga kiritiladi

QazVac Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan tavsiya etilgan dorilar ro‘yxatiga kiritiladi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Tovayev Xorijiy investorlar kengashining 33-yalpi majlisida aytib o‘tdi..

«Shuni ta’kidlashni istardimki, Qozog‘iston o‘zining ilmiy salohiyati tufayli koronavirusga qarshi QazVac vaksinasini ishlab chiqqan va ishga tushirgan kam sonli davlatlardan biridir. O‘tgan haftada men Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Bosh direktori bilan uchrashdim.

Ushbu tashkilot QazVac vaksinasini favqulodda foydalanish uchun tavsiya etilgan dorilar ro‘yxatiga kiritish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Aytmoqchimanki, biz vaksina ishlab chiqarish hajmini orttirib, xorijga eksport qilishga tayyormiz», - dedi Prezident.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!