Qozog‘iston va Buyuk Britaniya strategik sheriklik shartnomasini imzoladi

Qozog‘iston va Buyuk Britaniya strategik sheriklik shartnomasini imzoladi

Qozog‘iston va Buyuk Britaniya hukumatlari o‘rtasida strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Bu haqda Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu Buyuk Britaniya tashqi ishlar vazirligi rahbari Devid Kemeron bilan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.

“Bugun biz strategik sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladik”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.

U bu kelishuv “Ostona va London o‘rtasidagi siyosiy, savdo va sarmoyaviy aloqalarni mustahkamlashga sezilarli turtki berishiga” umid bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!